OAV: Bayden g‘alaba qozongan taqdirda Tramp Oq uyni indamay tark etadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp raqibi Jo Baydenning g‘alabasi saylovlarda tasdiqlansa, saylangan Hukumatni ag‘darish rejasini tuzmayapti. Bu haqda "Fox News" muxbiri Tramp bilan o‘tkazilgan suhbatidan so‘ng ma’lum qilgan. 

Manbaga ko‘ra, Baydenning g‘alabasi rasman e’lon qilingan taqdirda, Tramp mamlakat Konstitutsiyasiga bo‘ysungan holda Oq uyni tark etadi. 

Jurnalistlar Trampdan saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olish-olmasligi haqida so‘rashganda, u bu savolga javob berishdan bosh tortgan. 

"Tramp menga saylangan Hukumatni ag‘darishni rejalashtiradigandek ko‘rinmadi. U shunchaki adolatli kurashni istaydi", deya ta’kidlagan jurnalistlardan biri.

Avvalroq, Tramp Pensilvaniya shtatidagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqishini e’lon qilgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp saylov

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing