O‘smayotgan daraja yoxud o‘zgarmayotgan terma jamoa
Sport
−
01 fevral
8506Qatar yaxshil maydonlari mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari o‘zining hal qiluvchi pallaga kirdi. Musobaqaning chorak finaliga yetib kelgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur bosqichda mezbon Qatar bilan bahs olib boradi. Garchi Srechko Katanets shogirdlari turnirda hali mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsa ham, jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin muxlis va mutaxassislarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, murabbiyning tarkibda hujumchilar bo‘la turib, ularni maydonga tushirmasligi va qanot hujumchilaridan boshqa pozitsiyada foydalanayotgani bir qator savollarni keltirib chiqaradi. Undan tashqari o‘yindan-o‘yinga jamoada jarohatlarning ko‘payayotgani ham terma o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti.
QALAMPIR.UZ terma jamoaning Osiyo kubogidagi o‘yinlarini tahlil qilar ekan, bir paytlar terma jamoa safida yorqin o‘yinlar ko‘rsatib, o‘zbek futboli ishqibozlarining sevimli futbolchisiga aylangan, hozirda Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p tepayotgan Sanjar Tursunov bilan intervyu uyushtirdi.
Futbolchining QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, unga Srechko Katanets tanlagan uslub, taktika va futbolga bo‘lgan qarash ma’qul emas, biroq hozirda murabbiyni jiddiy tanqid qilib tashlash noo‘rin, chunki sloveniyalik mutaxassis tanlagan taktika muxlislar e’tirozga sabab bo‘lishiga qaramay, natija bermoqda.
3 fevral kuni “oq bo‘rilar”ning Qatarga qarshi o‘yinidan keyin murabbiy va jamoa haqida xulosalarni bildirishga asos topiladi.
Shuningdek, Tursunov bugungi kunda o‘zbek klublarini qiynayotgan muammolar, jumladan stadionlarning maysalari va yaratilgan shart-sharoitlar haqida fikr bildirib, hozirgi kunda aksariyat kamchiliklar yildan-yilga kamayib borayotganini aytdi.
Ma’lumot uchun, Sanjar Tursunov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyatining aksar qismini xorij klublarida o‘tkazgna. Jumladan Rossiya, Ukraina, Janubiy Korey va Qatar kabi mamlakatlar klublari sharafini himoya qilgan. 2010 yildan 2018 yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.
LiveBarchasi