Tojikistonda o‘tgan parlament saylovida yana Imomali Rahmonning partiyasi g‘alaba qildi
Olam
−
02 mart 2020
4762Kecha, 1 mart kuni Tojikistonda parlament saylovlari o‘tkazildi. Bugun, 2 mart kuni saylov natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Tojikiston Xalq demokratik partiyasi saylovchilarning 50,4 foiz ovozini olib parlament saylovida g‘olib bo‘lgan. Partiya 12 mandat olishga muvaffaq bo‘lgan.
Ovoz berish natijalari haqidagi natijalar Tojikiston saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasining raisi Baxtiyor Xudoyorzoda tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilingan.
“Tojikiston Xalq demokratik partiyasi parlament saylovlarida 50,4 foiz ovoz to‘pladi", - dedi Xudoyorzoda.
Ma’lumot o‘rnida, Tojikiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatdagi yirik partiya hisoblanadi. Partiya rahbari Imomali Rahmon hisoblanadi. Unga 1994 yilning 10 dekabr kuni asos solingan. 2019 yil ma’lumotlariga ko‘ra, partiya elektorati 460 000 kishidan oshadi.
LiveBarchasi