Nursultonni qo‘rqitib yuborganga o‘xshayman – Barralo

Sport

image

Avvalroq O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev sentyabr oyida jang qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik. Sportchining ushbu murojaatiga braziliyalik Kayo Barralo o‘zining Twitter sahifasida salbiy munosabatini bildirdi.

“Instagram’ga video qo‘ymasligim kerak edi, men bu yigitni qo‘rqitib yuboribman”, deydi braziliyalik UFC jangchisi. 

Gap shundaki, UFC topshirig‘iga ko‘ra, Ro‘ziboyev joriy yilning noyabr oyida San-Pauluda braziliyalik Kayo Barraloga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq o‘zbekistonlik sportchi hozir ham o‘zining aktual formasida ekanini aytib, tashkilotdan unga qadar yana bir jang olish ilinjidaligini ma’lum qildi. 

“Men sentyabrda jang qilmoqchiman, kimligining farqi yo‘q, faqat menga jang bering, men ochman”, degan Ro‘ziboyev.

Shundan so‘ng Barralo yuqoridagi gaplari orqali Ro‘ziboyevni jangdan qochish va qo‘rqoqlikda aybladi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi jang qilishdan qo‘rqqani uchun boshqa raqib izlamoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda anchagina faol bo‘lib qolgan Ro‘ziboyev ham Barraloni uzoq kuttirib o‘tirmadi.

“Xudodan boshqa, hatto kattalari ham meni qo‘rqita olmaydi”, deb javob qaytardi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ro‘ziboyev amerikalik sportchi Stiven Tompson bilan jang qilmoqchi ekani xabar qilingandi. Stiven Tompsonning UFC 291 turnirida braziliyalik Mishel Perreyraga qarshi jangi bekor bo‘lganidan keyin, Ro‘ziboyev unga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Nursulton Ro'ziboev Kayo Barral'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing