Nursulton Ro‘ziboyevning jangi muddatidan avval yakunlandi (video)
Sport
−
23 fevral 16357 1 daqiqa
23 fevral tongida AQSHning Sietl shahrida UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tdi va musobaqa doirasida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ham oktagonga ko‘tarilib, g‘alabaga erishdi.
Amerikalik Erik Makkoniko bilan jang qilgan O‘zbekiston vakili 2-raundda raqibiga tinimsiz zarbalar bergach, Makkoniko o‘zini himoyalolmay qoldi va hakam jangni to‘xtatdi.
“Murabbiylarim bilan masofada jang qilishni rejalashtirgandik. 77 va 84 kg da jang qilishga tayyorman”, deydi Ro‘ziboyev.
Shunday qilib, 31 yoshli Ro‘ziboyev UFC'dagi 4-jangida 3-g‘alabasini qayd etdi. Makkoniko esa tashkilotdagi debyutidayoq mag‘lubiyatga uchradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr