Nursulton Ro‘ziboyev oxirgi jangidan qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi 31 mart tongida AQSHning Atlantik-Siti shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night 241 turniridan jami 28 ming AQSH dollari miqdorida daromad qildi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, jangchi 14+14 ko‘rinishida gonorar olgan. Garchi 30 yoshli sportchi amerikalik Sedrik Dyumani 1-raunddayoq nokautga uchratgan bo‘lsa ham UFC Ro‘ziboyevga bu safar bonus taqdim etmadi.

Turkiyalik Ibo Aslan hamda shvetsiyalik Anton Turkal o‘rtasidagi jang UFC Fight Night 241 turnirining eng yorqin jangi deb topildi va har ikki sportchi 50 ming AQSH dollar bonusni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, Ro‘ziboyev tashkilotdagi 1-jangida braziliyalik Bruno Ferreyrani 1-raundda mag‘lubiyatga uchratib, 50 ming AQSH dollar bonus bilan mukofotlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev Sedrik Dyuma Anton Turkal Ibo Aslan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing