Nursulton Ro‘ziboyev oxirgi jangidan qancha daromad qildi?

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev tashkilotdagi 3-jangida amerikalik Xoakin Bakliga qarshi jangdan 40 ming AQSH dollari foyda ko‘rdi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Bakli bilan bahsda Ro‘ziboyev tashkilotdagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha 30 yoshli o‘zbekistonlik jangchi promoushendagi 2 ta jangda muddatidan avval g‘alaba qozongandi.

Qayd etish joiz, UFC on ESPN turnirning bonusi Billi Goff va Trey Uoters o‘rtasidagi jangga taqdim etildi. Yorqin bellashuv uchun har ikki sportchiga 50 ming AQSH dollari berildi.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev UFC'dagi ikkinchi jangidan 28 ming AQSH dollari daromad qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev Xoakin Bakli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing