Nursulton Nazarboyevning kitobi O‘zbekiston Prezidentiga yetkazildi

Jamiyat

image

Kecha, 6 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bilan o‘tgan uchrashuvda, Ukibay, Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘iston Birinchi Prezidentining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim” nomli memuarlar kitobining muallif dastxati tushirilgan nusxasini topshirdi.

Qozog‘istonning sobiq rahbarining xotiralari respublikada Birinchi Prezident kuni nishonlanayotgan 1 dekabr kuni nashr etilgan. Tiraj 7500 nusxadan iborat. Kitob ikki tilda – rus va qozoq tillarida nashr etilgan. Nazarboyevning ushbu kitobdagi bahosiga ko‘ra, Putin so‘z va ishning odami va o‘z mamlakatini jahon davlati maqomiga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Qozog‘istonning birinchi prezidenti, shuningdek, boshidanoq Putin bilan til topishganini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev ushbu kitobda ilk bor o‘zidan ancha kichik bo‘lgan Asel ismli model bilan turmush qurgani, 65 va 68 yoshida undan ikki o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida yozgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made