10 ta saylov uchastkasi elektr ta’minotidan uzildi – Toshkent hokimligi
Jamiyat
−
22 dekabr 2019
7937Avvalroq, bugun, 22 dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi bir qator mavzelarda elektr energiyasidan uzilish qayd etilgani, oqibatda 10 ga yaqin saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarida qator noqulayliklar yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar hokimligi elektr energiyasi uzilishi sabablarini ochiqladi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJdan ma’lum qilishlaricha, bugun, soat 18:39 da Yunusobod tumani “O‘zbekiston temir yullari” AJ “Metroqurilish” korxonasiga saylov kuni yer qazish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish berilganiga qaramasdan, metropolitenning yangi liniyasida qazish ishlari olib borilgan. Natijada, “Toshkent shahar ETK” AJ tasarrufidagi 10 kV kuchlanishli “Buxoro 1,2” kabel tarmoqlariga shikast yetkazilgan.
Oqibatda tumanning 13, 14, 17, 18 va 19 mavzelarida elektr ta’minoti uzilgan (Mazkur mavzelarda 10 ta saylov uchastkalari ham elektr ta’minotidan uzilgan).
“Toshkent shahar ETK” AJ mutaxassislari tomonidan tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilib, mavzelarda bosqichma-bosqich elektr energiyasi ta’minoti soat 19:19ga qadar to‘liq tiklangan.
LiveBarchasi