Nurdinjon Ismoilov yana Qonunchilik palatasiga Spiker bo‘ldi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi ilk majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Majlis kun tartibiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri saylandi. 

O‘zbekiston Siyosiy partiyalar vakillar Kengashining raisi Aktam Xaitov yig‘ilishda so‘z olib, avval Prezident Mirziyoyevga saylovlarning ochiq va oshkora o‘tgani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Qonunchilik palatasi Spikerligiga munosib nomzodni tavsiya etish uchun hozirgina Siyosiy partiyalar vakillar Kengashi majlisini o‘tkazdik. Vakillar kengashidagi nomzodning qonun ijodkorligi sohasidagi bilim va tajribasini, parlament quyi palatasini ishini samarali tashkil etish qobiliyati va salohiyatini hisobga olib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Nurdinjon Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylashni tavsiya etadi”. 

Deputatlar nomzodga yashirin ovoz berdilar. 150 deputatdan 147 nafari nomzodni yoqladi. 2 nafari betaraf. 1 kishi ovoz bermadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Nurdinjon Ismoilov 1959 yil 20 yanvar kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1980 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Yuridik fanlari nomzodi. 1999 yil “Shuhrat” medali, 2002 yil “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nurdinjon Ismoilov

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing