Nur-Sulton shahrining nomi qayta Ostonaga o‘zgartiriladi

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrining nomi qaytadan Ostonaga o‘zgartiriladi. Bu haqda Fishki.net “Nursultanskiy prosvet” gazetasida e’lon qilingan intervyuga asoslanib xabar tarqatdi.

“Bu to‘g‘ri va adolatli qaror. Biz Ostona uchun qancha kuch va energiya sarf qilinganini yaxshi bilamiz. Tasavvur qiling, Ostona – Oqmo‘la viloyatining sobiq markazi. Bugungi kunda Ostona Yevrosiyo mintaqasida tan olingan xalqaro markazlardan, juda chiroyli va rivojlangan shaharlardan biridir. Bularning barchasi uning (Nursulton Nazarboyev – tahr.) siyosiy irodasi tufayli ro‘y berdi. Shuning uchun Qosim-Jomart Kemelevechning (Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti To‘qayev) shaharning hamma yoqtirgan tarixiy nomini qaytarish to‘g‘risidagi qarori juda to‘g‘ri va asosli, biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu qaror bilan shaharni va barcha qozog‘istonliklarni tabriklaymiz”, degan Qosimxon Nurdauletov.

Nurdauletovning aniqlik kiritishicha, qaror qabul qilingan. Ammo uning kuchga kirishi uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri 2019 yilda Prezident Qosim-Jomart To‘qayev tashabbusi bilan Nur-Sulton deb qayta nomlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ostona Nur-Sulton

Baholaganlar

1100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing