Nukusdagi poliklinikaga 2 ming dollar evaziga ishga kiritishni va’da qilgan mansabdor ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida pul evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi. 

Fuqarolar – Z.K. va D.K. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.R.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro Perinatal markaziga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan  ushlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar tibbiyot reabilitatsiya markazida bo‘lim boshlig‘i G.X. fuqaro A.A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSH dollari evaziga Nukusdagi oilaviy poliklinikaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 22 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Qoraqalpog'iston ishga kiritib qo'yish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing