Nukusda O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi
Jamiyat
−
09 aprel
7737Joriy yilning 1-7 aprel kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilgan, jumladan, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilgan.
“Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi”, deyiladi xabarda.
Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolangan. Bildirilishicha, navbatdagi uchrashuv Turkmaniston hududida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 6-9 sentyabr kunlari ham Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.