Nukusda kredit olib berishni va’da qilgan soxta bankir ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.K. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 2 nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirib, Toshkent shahrida ishlaydigan tanishlari yordamida fuqaro I.T. ga 1,2 mlrd so‘m va fuqaro M.B. ga 300 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini ajratib berishini aytgan. U evaziga jami 48,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida fuqaroning uyiga bostirib kirib, undan pul talab qilgan ikki nafar soxta ichki ishlar organi xodimlari ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit soxta bankir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing