Nukusda 2 fuqaro noma’lum moddadan zaharlandi
3-sahifa
−
08 yanvar
4237Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 2 nafar fuqaro “noma’lum etiologiyali modda” ta’sirida zaharlandi. Bu haqda shahar hokimining 6 yanvarda qabul qilingan “Nukus shahrida baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.
Bildirilishicha, 2023 yil 29 dekabr kuni Nukusning 23-kichik tumanida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Oqibatda 2 nafar fuqaro “noma’lum etiologiyali modda” tasirida zaharlanib, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yotqizilgan. Ulardan biri ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Ushbu voqeadan so‘ng, Nukus shahar hokimi tomonidan hodisa sabablarini o‘rganish, shunga o‘xshash baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tekshirish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, "Hududgaz Qoraqalpog‘iston" gaz ta’minot filiali Nukus shahar bo‘limi mutasaddisiga turarjoylar, jumladan, ko‘p kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilg‘i yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini o‘rganish hamda aniqlangan muammo va nosozliklarni bartaraf etish yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida bir necha fuqarolar ovqatdan zaharlangandi.
LiveBarchasi