Noyabrdan benzin narxi oshadimi? “O‘zbekneftgaz” javob berdi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2023
11176Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan boshlab AI-80 benzini narxining oshishi haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Mo‘min Ibodov mazkur xabarlarga oydinlik kiritdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ bu xabarlarni asossiz deb biladi va jamiyatga tegishli "zapravka"larda narxlar eski belgilangan tartibda amalga oshiriladi”, deydi Ibodov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larida 9 ming 200 so‘m narx qo‘yilgan AI-92 markali benzin aksiya asosida 7 ming 500 so‘mdan sotilgani va 2 avgustda ushbu aksiya tugaganini ma’lum qilgan edi. Aksiyadan keyin esa AI-92 markali benzin 8600 so‘mdan sotila boshlangan.