Noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan fotoradarlar haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
05 dekabr 2021
8325Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi joriy yilning noyabr oyida ishga tushirilgan onlayn rejimda ishlovchi statsionar radarlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ro‘yxatga ko‘ra, oy davomida jami yettita radar o‘rnatilgan. Shundan Surxondaryo viloyatida 5 ta statsionar va Samarqand viloyati 2 ta PDD radar ishga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarora bilan O‘zbekistonda qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralarni o‘rnatish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi ishlab chiqiladi hamda E-ijro auksion platformasi orqali onlayn auksionga qo‘yiladi.
LiveBarchasi