Noyabr oyidan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2020
10032Toshkent shahri jamoat transporti avtobus va metropolitenda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlandi.
Shu bilan birga poytaxtda yo‘lovchilarga xizmat qilayotgan “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va statsionar validatorlar bilan to‘liq ta’minlandi.
Yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yo‘l chiptalarini sotish shahobchalari, infokiosklar, barcha elektron to‘lov tizimlari, shuningdek, ATTO – mobil ilovasi orqali to‘ldirish imkoniyati mavjud.
LiveBarchasi