Novosibirskdagi portlash qurbonlari 13 nafarga yetdi
Olam
−
10 fevral 2023
4772Novosibirskda besh qavatli binoda gaz portlashi oqibatida yana bir marhumning jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“O‘lganlar soni 13 nafarga yetdi”, deydi manba.
Avvalroq viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan edi. Yana 9 kishi jarohatlangan.
Keyinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Viktor Orlov 13 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.
“Biz 13 kishini o‘lgan deb hisoblaymiz”, deydi u jurnalistlarga.
Boshqa o‘liklarning topilishiga hech qanday asos yo‘q, deydi Orlov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning bir qismi qoldiqlarining shaxsi DNK ekspertizasi orqali aniqlanadi.
“U yerda ancha tarqoq qoldiqlar bor edi. DNK tekshiruvi [mansubligini] aniqlaydi”, deydi Orlov.
Turar-joy binosi qisman qulagan joyda qidiruv ishlari yakunlandi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 358 kishi va 68 texnika jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 fevral kuni ertalab Novosibirskning Zayelsovsk tumanidagi Lineynaya ko‘chasidagi besh qavatli panelli binoda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita kirish joyi qulab tushgan. Portlashdan keyin yong‘in boshlangan binodan 50 kishi evakuatsiya qilindi. Tergov qo‘mitasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi ("Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish") bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin ish bo‘yicha tergovni nazoratga oldi. Xavfsizlik xizmati xodimlari o‘zlarini “Mejregiongaz-servis” MCHJ xodimlarimiz deb tanishtirgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular bir nechta xonadonlardagi gaz plitalariga texnik xizmat ko‘rsatgan.
10 fevral kuni viloyatda motam e’lon qilindi.
LiveBarchasi