“Nottingem” jamoasi mavsumda uchinchi marta murabbiysini ishdan bo‘shatdi
Sport
−
12 fevral 552 1 daqiqa
Angliyaning “Nottingem Forest” jamoasi bosh murabbiy Shon Daychni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz Shon va uning murabbiylar shtabiga klubdagi faoliyati davomida qilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelajakda omad tilaymiz”, deyiladi klub bayonotida.
Kecha, 11 fevral kuni Angliya Premer-ligasining 26-turi doirasida “Nottingem Forest” jamoasi “Vulverxempton” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida 27 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Daych 2025 yilning oktyabr oyida “Forest”ga bosh murabbiyligini qabul qilib olgan edi. 54 yoshli mutaxassis Nuno Espirito Santo va Ange Posteko‘g‘lu ketganidan so‘ng klub tomonidan joriy mavsumda ishdan bo‘shatilgan uchinchi murabbiyga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tottenxem” jamoasi bosh murabbiy Tomas Frank ham ishdan bo‘shatilgan edi.