“Nottingem Forest” tez orada yangi bosh murabbiyga ega bo‘ladi

Sport

image

Angliyaning “Nottingem Forest” jamoasi bosh murabbiy lavozimi uchun Shon Deych bilan kelishuvga erishdi. Deych tez orada jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Shon Deychning pragmatik uslubi va jamoani rag‘batlantirish qobiliyati “Forest”ni ushbu mavsumda Premer-ligada saqlab qolishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. “Nottingem Forest” 18 oktyabrda, atigi 39 kun faoliyat yuritganidan keyin Anje Postekogluning ishdan bo‘shatilganini e’lon qilgan edi. Postekoglu sentyabrda Nuno Espirito Santo o‘rnini egallagan, ammo Premer-liganing beshta o‘yinida faqat bir ochko to‘plab, jamoani 18-o‘rinda qoldirgan.

Ma’lumot uchun, 54 yoshli Shon Deych avval “Chesterfild”, “Bernli” va “Everton” jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Muzokaralar yakuniy bosqichda bo‘lib, uning 2027 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda. Deychning “Nottingem Forest”dagi debyut uchrashuvi joriy yilning 23 oktyabrida, Yevropa ligasida “Portu”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya futbol federatsiyasi ingliz mutaxassisi Grem Potterni milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlaganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya “Nottingem Forest” Shon Deych

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing