Nostandart harakatlar Madrimovni yanada kuchliroq qiladi – Krouford

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘zining nostandart harakatlari bilan kuchli hisoblanadi. Bu haqda Madrimovning bo‘lajak raqibi Terens Krouford “Daily Mail”ga bergan intervyusida aytdi.

“Harakatchanlik, kuch, gabaritlar va nostandart harakatlar uni yanada xavfli qiladi. Bularning barchasi Madrimovga mening avvalgi raqiblarimdan boshqacha bo‘lishga imkon beradi. Men uchun barchasi oddiy kechadi deb, o‘ylayman”, deydi Krouford.

Ma’lumot uchun, Terens Krouford va Isroil Madrimov o‘rtasidagi jang 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik afsonaviy bokschi Roy Jons Terens Kroufordni hozirgi vaqtda dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblashini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made