Norvegiya valiahdining to‘ng‘ich o‘g‘li jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib, hibsga olindi
Olam
−
20 noyabr
4038Norvegiya valiahd malikasi Mette-Maritning o‘g‘li Marius Borg Xoybi joriy yilning 18 noyabr kuni taxminan 20 yoshlardagi ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, yana hibsga olindi. Bu haqda mamlakatning “Dagbladet” nashri xabar berdi.
Gazetaga ko‘ra, malikaning 27 yoshli farzandi ongini yo‘qotgan yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsata olmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda.
Gap joriy yilning 4 avgust kuni sodir bo‘lgan voqea haqida ketmoqda. Xoybi tergov doirasida allaqachon hibsga olingan, ammo keyin qo‘yib yuborilgan. So‘ngra u badanga shikast yetkazishda gumon qilingan. Tergov endi toj malikasining o‘g‘lini hibsga olish uchun ariza beradimi yoki yo‘qmi hozircha noma’lum.
Uning advokatiga ko‘ra, Xoybi jinsiy zo‘ravonlik hamda unga qo‘yilgan boshqa ayblovlar bo‘yicha aybini tan olmaydi.
Xoybiga Norvegiya Jinoyat kodeksining 291-moddasi “b” bandi (Hushidan ketayotgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra harakatga qarshilik ko‘rsatishga qodir bo‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish) bilan ayblov e’lon qilingan.
Marius Borg Xoybi – Mette-Maritning oldingi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li. Mette-Marit 2001 yilda Norvegiya taxt vorisi bilan turmush qurgan. Bu nikohda uning yana ikki farzandi bor.
LiveBarchasi