Norvegiya rossiyaliklarning mamlakatga sayohat qilishini chekladi
Olam
−
29 may
3142Norvegiya hukumati sayyohlarning Rossiya Federatsiyasidan tranzitlarini hamda rossiyaliklarga mamlakatga sayyohlik safarlarini taqiqladi. O‘tgan hafta e’lon qilingan qaror bugun, 29 maydan kuchga kirdi.
Rasmiylarga ko‘ra, taqiq talaba yoki ish vizasiga ega bo‘lgan rossiyaliklarga, chegara rezidentlik guvohnomasi egalariga, Shengen mamlakatlarida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lganlarga, shuningdek, Norvegiyaga qarindoshlarini ko‘rish uchun borayotganlarga taalluqli emas.
Shu bilan birga, Norvegiya va Shengen zonasi mamlakatlari tomonidan berilgan ko‘p yillik turistik vizaga ega bo‘lgan rossiyaliklarga mamlakatga kirish taqiqlanishi mumkin.
2022 yilda boshlangan Ukraina krizisidan keyin Norvegiya rossiyaliklarga turistik vizalar berishni to‘xtatgan. Adliya vaziri Emili Enger Norvegiya hukumati Ukrainada urush davom etayotgan bir paytda “ruslar Norvegiya va boshqa Shengen mamlakatlariga shunchaki turist sifatida hech qanday sababsiz sayohat qilishlarini” istamasligini aytgan.
Muhammadjon Haydaraliyev
LiveBarchasi