Norvegiya qiroli ortidan malika Astrid ham vafot etdi

Olam

image

Bugun, 11 sentyabr kuni Norvegiya malikasi Astrid 94 yoshida vafot etdi. U ukasi, qirol Xarald V’ning dafn marosimidan atigi ikki kun o‘tib hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Norvegiya qirollik saroyi ma’lum qildi. https://www.reuters.com/world/norways-princess-astrid-dies-aged-94-two-days-after-kings-funeral-2026-09-11/

“Qirol malika Astridning vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildi. Malika 11 sentyabr kuni 94 yoshida vafot etdi”, deyiladi saroy bayonotida.

Shuningdek, Qirol Xakon VIII malika Astridning qirollik oilasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etgan.

“Malika Astrid o‘zining uzoq umri davomida qirollik saroyini iliq va itoatkorona tarzda ifodalagan”, degan qirol Xakon VIII bayonotida.

Qayd etilishicha, malika Astrid joriy yilning 9 sentyabr kuni Oslodagi soborda bo‘lib o‘tgan ukasi qirol Xarald V’ning dafn marosimida ishtirok etgan.

Qirolning dafn marosimiga Yevropa va boshqa mamlakatlardan qirollik oilalari vakillari tashrif buyurgan. Norvegiya qirollik oilasi bilan birga Shvetsiya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Ispaniya, Iordaniya, Monako, Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Yaponiya va Gretsiya qirollik oilalari vakillari ham marhum qirolga hurmat bajo keltirgan.

Ma’lumot uchun, Astrid 1932 yilda tug‘ilgan. U Norvegiya qiroli Olav V va qirolicha Martaning ikkinchi farzandi bo‘lgan. Astridning ukasi Xarald V 1991 yilda Norvegiya taxtiga o‘tirgan va 2026 yil avgust oyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 avgust kuni Yevropaning amaldagi eng keksa monarxi – Norvegiya qiroli Xarald V 89 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing