Noroziliklar sabab, Janubiy Koreya Adliya vaziri iste’foga chiqdi
Olam
−
14 Oktabr 2019
2303Janubiy Koreya Adliya vaziri Cho Guk ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan korrupsiya janjallari ortida iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
“Mening oilamga nisbatan davom etayotgan tergovlar uchun odamlar oldida o‘zimni aybdor his qilaman“, dedi Cho Guk jurnalistlarga bergan intervyusida.
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In muxolifat va jamoatchilikning qarshiligiga qaramay Jo Gukni Adliya vaziri etib tayinlagan edi. Shu kuni Koreya prokuraturasi vazirning rafiqasi ustidan tergov harakatlarini boshladi.
Hukumat a’zosining turmush o‘rtog‘i hujjatlarni qalbakilashtirishd hamda xususiy jamg‘arma bilan korrupsiya sxemalaridan foydalanishda gumon qilingan.
Mun Chje In mamlakatda sud tizimini isloh etish vazifasini Cho Gukga yuklagan edi. Xususan, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiya jinoyatlarini tergov qilish, shuningdek, prokuraturaning ba’zi vakolatlarini politsiyaga topshirish uchun alohida mustaqil organni yaratish rejalashtirilgan.
Chora-tadbirlarning mazkur bandi nazorat organi xodimlari orasida keskin norozilik keltirib chiqardi. Bir necha hafta davomida muxolifat Adliya vaziri iste’fosini talab qilib, qator namoyishlar o‘tkazdi.
LiveBarchasi