Norov SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida kimlar qatnashishini aytdi

Jamiyat

image

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining joriy yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan sammitida kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bugun, 29 iyul kuni Toshkentda o‘tayotgan SHHT TIV rahbarlari kengashida shu haqda ma’lumot berdi.

Shu tariqa, Norovning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishini tasdiqlagan. Ulardan tashqari sammitda kuzatuvchi davlatlar: Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston rahbarlari ishtirok etadi. Uchrashuvda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham mehmon sifatida ishtirok etadi. 

Bundan tashqari, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari hamda ASEAN, MDH, KXSHT, YeOII va boshqalarning ijroiya organlari rahbarlari ishtirok etishi haqida tasdiqnoma olingan.

Norov shuningdek, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudni bo‘lajak sammitda ishtirok etishga taklif etish haqidagi O‘zbekiston taklifini qo‘llab-quvvatlagani uchun tashkilotga a’zo davlatlarga minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing