Norov Afg‘oniston Muvaqqat hukumatining asosiy vazifalarini aytdi

Jamiyat

image

Afg‘onistonda “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Muvaqqat hukumat xalqaro hamjamiyatga bergan va’dalarini bajarishi uning oldidagi asosiy vazifa hisoblanadi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Toshkentdagi Kongress xollda o‘tkazilayotgan“Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyadagi ma’ruzasida aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov o‘z ma’ruzasida Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi.

“Muvaqqat hukumat tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari, jumladan, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va milliy ozchiliklar, shuningdek, afg‘onlarning to‘la huquqli maktab ta’limiga qabul qilinishi zudlik bilan amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu butun afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir”, degan O‘zbekiston TIV rahbari.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi anjumanda 20 dan ortiq davlatdan, shuningdek, yetakchi xalqaro tuzilmalar – BMT, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidan 100 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Norov

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing