Norboyeva yalpi majlisni marhum senator Xoldorovning yaqinlariga ta’ziya bildirish bilan ochdi

Jamiyat

image

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlis avvalida Senat raisi Tanzila Norboyeva senator Topiboldi Xoldorovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va Farg‘ona viloyati jamoatchiligiga ta’ziya bildirdi. 

“Majlisimizning rasmiy qismiga o‘tishdan avval, yetuk jamoat arbobi, hurmatli hamkasbimiz Topiboldi Xoldorovning vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari, yaqinlari, qolaversa, Farg‘ona viloyati jamoatchiligiga, jumladan Farg‘ona viloyatining barcha deputat va senatorlariga yana bir bor chuqur hamdardlik izhor qilamiz. Oxiratlari obod bo‘lsin!”, deydi Norboyeva. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 avgust kuni Oliy Majlis Senati a’zosi Topiboldi hoji Xoldorov 79 yoshida vafot etdi. 

Topiboldi hoji Xoldorov Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Senator surunkali yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Topiboldi Xoldorov 1942 yil 1 fevralda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, viloyatda matbuot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2000 yildan 2009 yilga qadar “Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona tumani bo‘linmasi, 2009-2020 yillarda “Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi bo‘lgan. 60 yillik samarali mehnat faoliyati davrida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etib kelgan. 2016 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Topiboldi Xoldorov

Baholaganlar

55

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing