Tanzila Norboyeva ham Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federal Kengashi Raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinga ta’ziya maktubini yo‘lladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. 

Norboyeva ta’ziyanomada “Krokus Siti Holl" konsert zalida yuz bergan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oliy Majlis Senati va shaxsan o‘zi nomidan Rossiya hukumati  va marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

"Biz tinch aholi vakillariga qaratilgan har qanday hujumni keskin qoralaymiz. Barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyilgan maktubda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinga ta’ziya xati yo‘llagan edi. O‘zbekiston TIV Moskvada sodir etilgan teraktni qoraladi. Bugun, 23 martda Shavkat Mirziyoyev Putinga qung‘iroq qilib, yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva hamdardlik Valentina Matvienko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing