O‘zbekistonda birinchi bolalar velomarafoni tashkil etiladi
Jamiyat
−
19 noyabr 2020
3900O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari bosqichma-bosqich Begovellar (bolalar uchun pedalsiz velosipedlar) bilan ta’minlanadi va “O‘zbekistonda birinchi bolalar velomarafoni” o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘rtasida imzolangan to‘rt tomonlama Memorandumda aks etgan.
Memuorandumni imzolash marosimi bugun, 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi – O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyixalar koordinatori, elchi Jon MakGregor ishtirok etdi.
Memorandumga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy Begovellar (bolalar uchun pedalsiz velosipedlar) bilan ta’minlanadi, “O‘zbekistonda birinchi bolalar velomarafoni”ni o‘tkaziladi.
"O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yosh bolalarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish", deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, begovela loyihasi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun avval havaskor sportga qiziqishlarini o‘yg‘otib, so‘ngra professional velosport bilan shug‘ullanishga yangi bir platforma bo‘ladi hamda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Ma’lumot uchun: YeXHT ofisi tegishli tashkilot va jamiyatlar bilan yaqin hamkorlik qilish maqsadida:
• tadbirlar logistikasini tashkil etishga ko‘maklashish va mutaxassislarni jalb etish orqali seminar va treninglar o‘tkazishga;
• kamida 10 ta tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik ta’lim bo‘yicha dastlabki pilot loyihani amalga oshirish uchun mutaxassislarni jalb etishga va zarur inventarlar xarid qilishga;
• Velamarofon tadbirini tashkil etishni moliyalashtirishga ko‘maklashishga;
• tajriba loyihasi o‘tkazish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi va Velomarofon ishtirokchilarini YeXHT mablag‘lari hisobidan 400 pedalsiz velosipedlar bilan ta’minlashga tayyor ekanligini bildirdi.
LiveBarchasi