Mirziyoyev YeXHT raisi bilan ham uchrashdi
Jamiyat
−
11 iyun 2025 2442 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Valtonen Shavkat Mirziyoyevga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan EXHT o‘rtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Milliy saylov tizimini modernizatsiya qilish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlash, gender va yoshlar masalalari, “yashil” kun tartibi bo‘yicha tashkilot bilan konstruktiv hamkorlik rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqlim xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalariga e’tiborni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston-Finlyandiya munosabatlarining, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi kun tartibi batafsil ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ummonning Savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni qabul qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025