Nondan sichqon axlati chiqdi
3-sahifa
−
13 fevral 2023 19956 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Buxoro viloyatidagi supermarketlardan birida non ichidan sichqon axlati chiqqanidan norozilik bildirdi. Holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan qo‘mitaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6 va 12-moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, iste’molchilarga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan, ish yakuniga ko‘ra ishlab chiqaruvchi korxonaga tegishli ko‘rsatma berilishi ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, Sanitariya-epedimiologiya va osoyishtalik xizmati xodimlarini jalb etgan holda savdo shoxobchasi va ishlab chiqaruvchi korxonada sanitariya meyorlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr