Nomusga tegish, qotillik, poraxo‘rlik... 2021 yilda O‘zbekistonda qanday jinoyatlar ko‘paydi?

Jamiyat

Reklama
0:00

2021 yilda O‘zbekistonda bezorilik, o‘g‘rilik va poraxo‘rlik jinoyatlari sezilarli ko‘paygan. Bu haqda Oliy sud raisi o‘rinbosarlari ishtirokidagi Matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Sudlarda ko‘rilgan jinoyatlar tahliliga ko‘ra,

•    qasddan odam o‘ldirish – 16,7 foizga;
•    qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish – 61 foizga;
•    nomusga tegish – 13,5 foizga;
•    bosqinchilik – 59,3 foizga;
•    talonchilik – 1,8 baravar;
•    o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish – 1,5 baravar;
•    o‘g‘rilik – 66,2 foizga;
•    poraxo‘rlik – 56,9 foizga;
•    harakat xavfsizligi qoidalarini buzish – 28,7 foizga;
•    transport vositalarini olib qochish – 39,2 foizga;
•    bezorilik – 87,6 foizga ko‘paygan.

Shu bilan birga qator jinoyat kamaygan. Jumladan:

•    aliment to‘lash – 10,8 foizga;
•    Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish– 24,5 foiz;
•    Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish – 68,4 foiz;
•    Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish – 83,3 foizga kamaygan.

2021 yildagi huquqbuzarliklar tahlil qilinganda:

•    transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi – 55,4 foizga;
•    savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish – 7,6 baravarga;
•    mayda bezorilik – 35,1 foizga ko‘paygani;

•    noqonuniy tadbirkorlik faoliyati – 66,4 foizga;
•    epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish – 55,1 foizga;
•    elektr issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish – 86,4 foizga;
•    litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish – 87,3 foizga kamaygani ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing