Noma’lum shaxs Masjidul Haramga mashinada bostirib bordi

Olam

Musulmonlar uchun muqaddas joy sanalmish Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Kaaba joylashgan Masjidul-Haramga kuch bilan kirishga urinish bo‘ldi.

Bir odam mashinada katta tezlikda kelib Kaabaga kirishga urindi. Ammo masjid eshigidan o‘ta olmadi.

Masjidul Haram oldida yuz bergan hodisada jarohatlangan va qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan. Saudiya politsiyasi buzg‘unchini qo‘lga olib, uning ruhiy barqarorligi buzilganini ma’lum qilgan.

Qo‘lga olingan shaxs normal holatda bo‘lmagan. Hozirda u prokuraturaga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Kaabaga qaratilgan so‘nggi hujum 2017 yil 27 oktyabrda yuz bergandi. Kaabaning yoniga bomba bilan kirishga uringan shaxs xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgach, o‘zini portlatgandi. Hodisada 6 kishi yaralangan. Hodisaga aloqadaor 5 kishi hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Makka Masjidul Haram

Baholaganlar

655

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing