Noma’lum shaxs mashinasini to‘g‘ri PSJ muxlislari ustiga haydadi (video)

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 8 mayga o‘tar kechasi Parijda bo‘lib o‘tgan PSJ – “Arsenal” o‘rtasidagi o‘yindan keyin noma’lum shaxs qasddan avtomobilini muxlislar tomon xaydagani haqidagi video tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea parijlik muxlislarning sevimli jamoalarini YeCHL finaliga chiqqanini nishonlayotgan paytda sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida uch kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Ularning holati og‘ir ekani aytilmoqda. 

G‘azab otiga mingan muxlislar mashinani quvib yetib, uni yoqib yuborgan. Aybdor hibsga olingan, hozir uning shaxsiga oydinlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, YeCHL yarim final javob o‘yinida PSJ uyida “Arsenal”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Arsenal PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing