Noqulay ob-havo sabab Namangan aeroporti faoliyati cheklandi

Jamiyat

image

Noqulay ob-havo Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Ko‘rishning yomonligi (250 metr) “Red Wings” aviakompaniyasi reysini Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘naltirishga sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasining Maxachqal’a — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan RA1123 reysi kutish hududida bo‘lganidan so‘ng Farg‘ona xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan. Bortida 76 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:21 da Farg‘ona aeroportiga qo‘ndi. Yaqin soatlarda yo‘lovchilar Namangan aeroportiga yerusti transporti orqali yetkaziladi.

“Namangan – Maxachqal’a yo‘nalishi bo‘yicha RA1124 reysi Farg‘ona aeroportidan amalga oshiriladi. Shuningdek, yo‘lovchilar Namangan shahridan belgilangan aeroportga yerusti transportida yetkaziladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasi zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Namangan aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing