Noqonuniy migrantlar oqimi Nyu-Yorkni vayron qilishi mumkin – shahar meri

Olam

image

AQSHga noqonuniy muhojirlarning kuchli oqimi Nyu-Yorkni vayron qilishi mumkin. Bu haqda shahar meri Erik Adams so‘z ochdi.

"Bu muammo Nyu-Yorkni vayron qiladi. Har oy shaharga 10 ming muhojir keladi. Butun dunyodan odamlar yig‘ilib, AQSHning janubiy chegarasini kesib o‘tib, Nyu-Yorkka yetib borishga qaror qiladi", deydi Adams.

U AQSH rasmiylariga noqonuniy muhojirlar oqimini jilovlash uchun qo‘shimcha yordam so‘rab murojaat qilgan va vaziyatni o‘zgartirish uchun siyosiy islohotlar zarurligini ta’kidlagan.

"Biz har oy takrorlayotganimizdek, faqat davlat, federal hamkorlarning ko‘proq yordami va Vashingtondagi kursning haqiqiy o‘zgarishi ushbu inqirozni yengishga yordam beradi", deydi Nyu-York meri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Erik Adams Meksika bilan chegaradosh El-Paso shahriga borgan va Nyu-Yorkda joy yo‘qligini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing