Noqonuniy chiqindixona tashkil qilgan shaxs salkam 4 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida noqonuniy chiqindixona tashkil qilgan fuqaro 3 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Chirchiq daryosida olib borilgan reyd tadbirlarida M.D. ismli fuqaro daryo hududiga chiqindilar to‘kib, to‘g‘on hosil qilgani aniqlangan. U bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qurilish chiqindilarini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishda davom etgan.
Sudda uning toifalangan hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzib, noqonuniy chiqindixona tashkil qilgani, hududga chiqindilarni ma’lum mablag‘ evaziga joylashtirib kelgani o‘z isbotini topgan. Fuqaro daryoga 126 433,70 m3 chiqindi tashlangani oqibatida davlat manfaatlariga 3 mlrd 68 million 206 ming 171 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, M.D. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi (Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish shartlari) hamda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasi ( Suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil bo‘yi mintaqalarining, suv ob’ektlari sanitariya muhofazasi zonalarining hamda yer usti va yer osti suvlari hosil bo‘lish zonalarining rejimi)ni qo‘pol ravishda buzgan.

Sud Jinoyat kodeksining 59-moddasi (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari)ga asosan fuqaroni 3 yil-u 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, undan davlat foydasiga 3 milliard 68 million 206 ming 171 so‘m zarar undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholidan qayta ishlanadigan chiqindi sotib olinishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent noqonuniy chiqindixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing