Noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy jazo belgilanyapti
Jamiyat
−
23 fevral 2021
10254O‘zbekistonda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilyapti. Bu haqda Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida belgilangan.
Kodeksda noqonuniy boyiganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda kiritilgan. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisining daromad va mol-mulk deklaratsiyasida nazarda tutilganidan ortiq pul mablag‘lari yoki mol-mulkka noqonuniy ega bo‘lishi yoki shunday mulkni orttirishi ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ish haqidan ushlab qolish bilan jazolanadi.
Kodeks loyihasiga pora predmeti sifatida moddiy manfaatdorlik bilan bir qatorda nomoddiy manfaatdorlik bo‘lishga oid qoidalar ham kiritilgan.
Shuningdek, jazo tayinlashda korrupsiya holatlariga chek qo‘yish maqsadida ayrim toifalar uchun jazoning eng kam miqdori qat’iy belgilanmoqda.
LiveBarchasi