“Noinsof tadbirkorlik” yo‘li bilan aniqlanayotgan jarimalar yuzasidan YHXX munosabat bildirdi
Jamiyat
−
25 avgust 2023
16009Bugungi kunga qadar chorrahalarda noto‘g‘ri joylashtirilgan mashinalar sabab haydovchilar qoida buzishga majbur bo‘layotgandi. Bu esa tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘rnatilgan kameralarda suratga olinib, ularning jarimaga tortilishiga olib kelardi. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov shu munosabat bilan IIVni bunday tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bir qator choralarni ko‘rishga chaqirdi. Ushbu takliflarga Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati munosabat bildirdi.
Gap shundaki, Prezidentning 2020 yil 7 dekabrdagi PQ – 4913-son qarori bilan 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobil yo‘llarida texnik vositalari o‘rnatish huquqi berilgan.
“Mazkur qaror talablari asosida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘rnatilgan texnik vositalar bo‘yicha mas’ul tashkilot va idoralar tomonidan tegishli texnik xulosalar berilib, test sinovlaridan o‘tkazilgandan keyin ishga tushiriladi”, deb yozilgan xabarda.
Xabarda ushbu holatlarga ob’ektiv baho berish, yo‘l infratuzilmasi hamda texnik vositalarning holatini qayta ko‘rib chiqish, chorrahalarda yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish maqsadi IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligining mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgani ma’lum qilingan. Guruh hozirda yo‘l harakati qanday tashkil etilgani va chorrahalardagi texnik vositalarning holatini qaytadan o‘rganib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, deputat tadbirkorlik yo‘li bilan undirilgan jarimalar aniqlangan taqdirda, ularni bekor qilish va haydovchilarga to‘lovlarni tadbirkorlar hisobidan qaytarishni, shuningdek, adolatsiz jarimalar ustidan onlayn shikoyat berish imkoniyatini yaratishni taklif qilgandi.
LiveBarchasi