Nodirbek Abdusattorov Shushadagi turnirda sovrindor bo‘ldi
Sport
−
29 Sentabr
6781Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan turnir an’anaviy musobaqa o‘z yakuniga yetdi.
Rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilgan musobaqa g‘olib va sovrindorlari ikki turnirning umumiy natijalari yig‘indisiga ko‘ra aniqlandi. 10-marotaba tashkil etilgan ushbu turnirda jami 8 nafar grossmeyster qatnashdi.
Nodirbek blits bahslarida 10 ochko to‘pladi. Rossiyalik Yan Nepomnyaiy ikkinchi, hindistonlik Aravind Chitambaram uchinchi o‘rinni band etdi. Rapid bahslarida 8 ochko to‘plagan Nodirbek 4-pog‘onadan joy oldi.
Chempionlik uchun unga bir ochko yetmadi. Abdusattorovdan bir ochko ko‘p jamg‘argan Yan Nepomnyaiy 10-yubiley turnir chempioniga aylandi.
Ma’lumot uchun, Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi. Tarkibda Abdusattorov ham bor edi. Toshkent xalqaro aeroportida ishtirokchilar tantanali kutib olindi. Jamoa yetakchisi Nodirbek Abdusattorov esa minbarga so‘zga chiqib, 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tadigan shaxmat Olimpiadasida bosh sovrinni yurtga qaytarish uchun bor salohiyatini ishga solishini aytdi.