Nodirbek Abdusattorov muddatidan avval xalqaro turnirning mutlaq chempioniga aylandi

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bahslari yakunlanmoqda. E’tiborlisi, O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov muddatidan avval turnirning rapid+blits yo‘nalishlarida mutlaq chempionga aylandi.

Bugun, 23 dekabr kungi bahslarda Abdusattorov mezbon vakillar Shahriyor Mamadiyorov va Abdulla Gadimbayli bilan bahs olib borib, durang o‘ynadi. Xitoylik Vang Xao bilan ham bahsda Abdusattorov murosa yo‘lini tanladi va 23,5 ochko to‘plab turnirning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, xotira turnirida dunyoning nomdor 10 nafar shaxmatchisi ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing