Nodirbek Abdusattorov kuchli raqib bilan durang o‘ynadi
Sport
−
23 fevral 2023
5712Germaniyaning Dyusseldorf shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniri qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Kecha, 22 fevral kuni turnirning 6-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Ushbu turda hindistonlik Gukesh Domarjuga qarshi qora donalarda harakatlangan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda durang natija qayd etdi.
Ortda qolgan olti turdan so‘ng o‘zbekistonlik shaxmatchi 2,5 ochko bilan 9-pog‘onani band etib turibdi. 4,5 ochko bilan AQSH vakili Levon Aronyan hamon turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 3,5 ochko to‘plagan Uesli So va Gukesh Domarju mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onani egallagan.
Ma’lumot uchun, “WR Chess Masters” turniri umumiy 9 ta turdan iborat. Musobaqa 26 fevralga qadar davom etadi.
LiveBarchasi