Nodirbek Abdusattorov azaliy raqibidan revansh oldi
Sport
−
04 aprel 2023
11475Bugun, 4 aprel kuni shaxmat bo‘yicha xalqaro “Chessable Masters” turniri boshlandi. Musobaqada dunyoning eng sara grossmeysterlari qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Pley-off tizimida o‘tkazilayotgan turnirning nimchorak finalida Abdusattorov niderlandiyalik azaliy raqibi Anish Giri bilan kuch sinashdi.
Uchta partiya yakuniga ko‘ra, Abdusattorov raqibidan ikki marta ustun keldi. Bitta o‘yinda esa durang natija qayd etildi. Shu tariqa, 2,5 - 0,5 hisobida g‘alaba qozongan Abdusattorov turnirning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
5 aprel kuni Nodirbek chorak finalda hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi dona suradi.
Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov va Giri yil boshida Niderlandiyada o‘tkazilgan “Tata Steel Chess” turnirida g‘oliblik uchun bahs olib borgandi. O‘shanda musobaqaning so‘ngi turida Giri g‘alaba qozonib, turnir g‘olibi bo‘lgandi.
LiveBarchasi