Nodirbek Abdusattorov 50 ming dollarlik turnirda g‘olib bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Toshkent shahrida o‘tkazilgan FIDE jahon chempioni, grossmeyster Rustam Qosimjonov xalqaro turnirida chempion bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Musobaqaning oxirgi turida Abdusattorov ozarbayjonlik Shahriyor Mamadiyorovga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi. Umumiy hisobda 19 yoshli Nodirbek 6,5 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni band etdi.

Turnirning amaldagi g‘olibi o‘zbekistonlik Javohir Sindarov 6 ochko bilan, 2-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka 5,5 ochko bilan Shahriyor Mamadiyorov yakun yasab berdi.

Qo‘shimcha reyting ballariga ko‘ra, Rustam Qosimjonov 5-pog‘onani band etdi.

Abdusattorov musobaqa g‘olibi sifatida  12 ming, 2-o‘rin egasi Javohir Sindorov 8 ming, Shahriyor Mamadiyorov esa 6 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing