Nodirbek Abdusattorov 2023 yil eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar o‘ntaligiga kirdi

Sport

image

Xalqaro toifadagi grossmeyster, 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov 2023 yilda 12 ta musobaqada ishtirok etib, 190 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqqan. Bu haqda “Chess.com”  sayti ma’lum qildi.

Yil davomida jahonning eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchisi xitoylik grossmeyster Din Lijen bo‘lgan. U 2023 yil davomida turnirlardan 1 228 200 AQSH dollari miqdorida pul ishlagan.

Ikkinchi o‘rindan rossiyalik Yan Nepomnyashiy joy olgan – 1 226 825 AQSH dollari. Uchinchi  o‘rinda esa Magnus Karlsen  turibdi – 705 155 AQSH dollari. 

Ayollardan, xitoylik Szyuy Venszyun 354 581 AQSH dollari va  Ley Tinsze 257 171 AQSH dollari bilan ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, o‘ntalikda amerikalik Xikaru Nakamura 284 527 AQSH dollari bilan 7-o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyida Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Champions Chess tour-2023 turnirida Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni qayd etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov grossmeyster o'ntalik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made