Nodavlat maktab va bog‘chalar barcha soliqlardan ozod qilinadi
Jamiyat
−
23 noyabr
37712030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha soliqlardan ozod etiladi. Bu haqda kecha, 22 noyabr kuni qabul qilingan “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi va unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.
Shuningdek, 2030 yil 1 yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmasligi ham belgilandi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):
- zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
- kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
- o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
- 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
- nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;
- davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritilishi haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi