Nodavlat bog‘cha va maktablar faoliyatiga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini yumshatish bo‘yicha navbatdagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

2020 yil 15 avgustdan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari (markazlari) faoliyati. Bunda, ushbu tashkilotlar faoliyati uchun: 

•    mashg‘ulotlar vaqtini oldindan kelishish (ta’lim markazlari va to‘garaklar uchun);

•    xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlar chetlatish; 

•    xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

•    sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash choralari ko‘rilishi lozim;

15 avgustdan Sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, xostellar, ijaraga beriladigan dala hovlilar va boshqa dam olish maskanlari faoliyati ham tiklanadi. Mazkur faoliyatni amalga oshirishda:

•    fuqarolar alohida, bir-biridan ajratilgan holda (har bir oilaga bir xona talabiga rioya etgan holda) joylashtiriladi;

•    bino va xonalar doimiy ravishda dezinfeksiya qilib boriladi, shu jumladan, havoni zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash tavsiya etiladi;

Bunda mehmon uylari va xostellar faoliyati Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-son yig‘ilish bayonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Pandemiya sharoitida mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik yo‘riqnoma talablari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, xostellar faqatgina bir xonaga oilaviy yoki bir kishidan ortiq bo‘lmagan mehmonlarni qabul qilishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, quyidagilar ham faoliyatini tiklaydi:

•    muzeylar faoliyati;

•    go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar faoliyati uchun – xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda telefon yoki onlayn navbatga yozilgan holda “1 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs – 1 ta mijoz” tamoyili asosida ishlashi talab etiladi;

•    oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish (bunda ushbu tadbirlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda);


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing