NKMKda avtoag‘dargich shinasi portlashi 2 ishchining hayotiga zomin bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 10 sentyabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatida avtoag‘dargich shinasi portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning NKMKdagi manbasi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ish vaqtida yuk avtoag‘dargichning shinasi portlab ketgan. Hodisa oqibatida 2 nafar ishchi xodim halok bo‘lgan. Shuningdek, yana bir necha kishi turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda.

Bildirilishicha, mazkur holat kombinatning “Qizilqum” kon boshqarmasi tarkibidagi Pistali konida sodir bo‘lgan. Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati holat yuzasidan hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, kombinatda bunday baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. Xususan, joriy yilning 22 iyul kuni Navoiy viloyatidagi “Muruntov” konida “BelAZ” rusumli avtoag‘dargich va Toyota rusumli xizmat avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar ishchi-xodim halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing